# Pull Request

# Qanday qilib Pull Request qoldirish mumkin?

# Pull Request nima?

Pull request bu siz hissa qo'shayotgan repozitoriyaga o'zgartirish uchun sorov jo'natish uslubidir.

Keling Pull Requestni qisqartiri PR deb ataymiz

# PR yuborish uchun qadamlar

Avvaliga siz hissa qo'shmochi bo'lgan repozitoriyani fork qiling.

Keyin esa uni o'z kompyuteringizga

git clone https://github.com/<SiningGitHubUsername>/<projectname>

orqali repozitoriyani clone qilib oling. Bu amal loyihani kompyuteringizga yuklab olishga yordam beradi.

Endi quyidagi amal orqali loyiha direktoriyasiga kirib oling

cd "loyiha nomi"

Endi git checkout buyrug'i yordamida yangi "branch" yarating:

git checkout -b sizning-yangi-branchingiz

Keyin esa kerakli o'zgartirishlarni kirtib bo'lgach, git status buyrug'idan foydlanaing. Bu buyruq qaysi fayllar yangi qo'shilgan qaysilari o'zchirlgan yoki o'zgartirilganini ko'rsatadi.

git status

Endi o'zgarishlarni staging bo'limiga o'tkazishingiz kerak.

git add *

Yuqoridagi buyruq barcha o'zgarishlarni "staging" bo'limia ro'yxatga oladi.

Endi esa git commit buyrug'i orqali kiritilgan o'zgartirishga sharx qoldirishimiz kerak.

Masalan:

git commit -m "README.md da ayrim o'zgartirishlar kirtildi"

O'zgarishlarni githubga yuboramiz, va buning uchun git push buyrug'i yordamga keladi.

git push origin <sizning-branch-nomingiz>

<sizning-branch-nomingiz> bu ilgari yaratgan barnch nomingiz. Uni adashtirib yubormang.

Keyingi qadamda github fork sahifasiga kiring, u yreda siz compare and pull request tugmasini korasiz. Kiritilgan ozgarishlarni tavfsiflab, PR qoldirishingiz mumkin!

🥳Tabriklaymiz! Siz endi Open-source Contributorsiz!