# Hissa qo'shish

# Ochiq manbali (Open-source) loyihalarga qanday hissa qo'shish mumkin? - yangi boshlanuvchilar uchun qo'llanma

Agar siz dasturchi bo'lsangiz, ehtimol "open-source" atamasiga duch kelgansiz. Agar siz bu nima ekanligi va qanday qilib "open-source" loyihaga o'z hissangizni qo'shish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, demak siz to'g'ri joydasiz.

Hacktoberfest 2020 paytida qanday va nimaga hissa qo'shish borasidagi barcha qo'rquvlarimni bir chetga surib qo'ydim va ochiq manbalar dunyosiga birinchi qadamimni qo'ydim. Bu birinchi marotaba bo'lgani uchun, men boshlanishiga sodda loyihalardan boshladim va asta-sekin rivojlanib oldim.

Agar siz endi dasturlashni boshlagan bo'lsangiz, ehtimol "open-source" nima ekanligini bilasizmi? Qanday boshlashingiz mumkin? Siz nima kutishingiz kerak? Demak, bu maqolada biz bularning barchasini ko'rib chiqamiz.

# Ochiq manba nima?

Open-source (ochiq-manbali) loyiha deb, odatda ma'lum bir sertifikatsiya asosida ommaga ko'rish, foydalanish va o'zgartirish va tarqatishga ruxsat berilgan loyihaga aytiladi.

Ochiq manbali loyihalarga hissa qo'shish, o'rganish, o'rgatish, tajriba almashish va tajriba orttirishning foydali usuli bo'lishi mumkin.

# Ochiq manbali loyihaga o'z hissangizni qo'shishingiz uchun juda ko'p sabablar mavjud, masalan:

  • Siz kundalik hayotda ishlatadigan dasturiy taminotni o'zingiz yanada ribojlantirish uchun
  • Biror mentor topish uchun
  • Yangi texnologiyalarni o'rganish uchun
  • O'z tajribangizni ulashish uchun
  • Biror dastrulash tili yoki loyihani yaxshiroq ich ichidan tushunish uchun
  • O'z reputatsiyangizni ko'tarish va karyerangizni yuksaltirish uchun
  • Umuman olganda bu judayam qiziqarli jarayon bo'lib, odatda dasturchilarga juda yoqadi!

Sizni open-source loyihalar ustida ishlash uchun nima undaydi? Kommentariya qoldiring )

# Qanday qilib open-source loyihaga hissa qoshish mumkin?

Open source loyihaga o'z hissangizni qoshish siz code-basega to'g'ridan-to'gri o'zgartirish kiritishingiz kerak degani emas. Siz juda ko'p boshqa uslublar orqali open-source loyihaga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin!

  • Loyihadagi muayyan kodni qanday ishlashi haqidagi hujjatlarga hissa qo'shishingiz mumkin
  • Siz loyihaning qanday ishlashini korsatish uchun "example"(misol)lar yozib qoldirishingiz mumkin
  • Siz loyiha uchun vide darsliklar yozishingiz mumkin
  • Siz loyihaning tarjimasini qo'shishingiz mumkin
  • Siz loyiha haqidagi savollarga javob berishingiz mumkin,odatda stackoverflow va redditda
  • Siz boshqa contributorlarni o'qitishingiz, metor bo'lishingiz mumkin
  • Siz loyihadagi kichik xatoliklarni tartibga solishingiz mumkin.

# Open-source loyihaga o'z hissangizni qoshishdan oldin nimalarni bilishingiz kerak?

Harbir open-source communityning o'z qoidalari va yaxshi kontributorlarni taqdirlash uslublari mavjud. Siz o'z hissangizni qo'shishdan avval shu qoidalarni ko'rib chiqishingiz kerak.

# Odatiy open-source loyiha qanday insonlardan tashkil topadi?

  • Author - (muallif), bunday insonlar odatda loyiha asoschilari bo'lib ular boshqa contributorlarni open-shource loyihadagi pozitsiyalarini alishtirish kuchiga ega.
  • Owner - Bu turdagi inson "Muallif" bilan teng huquqga ega bo'ladi.
  • Maintainers - Bunday insonlar omma o'rtasida loyiha maqsadi va natijalarini saqlab turuvchi insonlardir. Bunday insonlar odatda loyiha qanday yo'nlaishda ketishiga masul bo'lishadi.
  • Contributors - ular loyihani bir code stilidia olib boruvchi, loyihaga hissa qo'shuvchi hamjamiyat a'zolaridirlar.
  • Community Members/Users - Community a'zolari odatda loyiha ustida ishlamasliklari ham mumkin ammo ularning beradigan "feedback" ya'ni o'z fikrlari va maslahatlari loyiha uchun muhimdir!

Ushbu maqola https://www.freecodecamp.org/news/how-to-contribute-to-open-source-projects-beginners-guide/ (opens new window) sahifasidan o'zbek tiliga tarjima qilindi.
Tarjimon: Mukhammadyusuf Abdurakhimov